So’nggi yangiliklar

09:38Тайсон Фьюрига кутилмаган рус боксчиси рақиб сифатида бериляпти 0 09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 16:20Алекс Перейра Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашиш нияти йўқлигига шаъма қилди 0

15 iyu 16:25
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekistonlik jahon chempionlari 50 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi + FOTO

Teglar :  Og'ir atletika
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Fijida yoshlar o'rtasida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati yakunlandi.

Musobaqada hamyurtlarimiz Adhamjon Ergashev va Akbar Jo'raev 3 tadan oltin medal qo'lga kiritishgandi. Bugun poytaxtimizdagi "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. 

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, og'ir atletika federaciyasi rahbariyati vakillari ishtirok etishdi. Unda musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan atletlarimiz Adhamjon Ergashev va Akbar Jo'raevga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining stipendiyasi - 50 000 000 so'm miqdoridagi pul mukofoti uchun sertifikat taqdim etildi. Ularning murabbiylari esa 20 000 000 so'mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadigan bo'ldi. 

Jahon chempioni Adhamjon Ergashev so'zga chiqar ekan, ko'rsatilgan etibor uchun Prezidentimizga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, shuningdek og'ir atletika federaciyasiga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing