10 dek 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik MMA jangchisi xalqaro musobaqada g'alaba qozondi
SHu yilning 8 dekab kuni Novosibirsk Kolizeyida (Bu erdagi davlat cirki arenasini shunday atashadi) Hall of Fame MMA Ligasi musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Jahongir Husanov o'z vazni bo'yicha barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi va musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.
Ushbu g'alaba Jahongir Husanov uchun birinchisi emas. U ilgari muaytay va kikboksing sport turlari bo'yicha xalqaro musobaqalar va Osiyo chempionatlarida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan edi.
Husanov MMA jangchisi va MMA bo'yicha mamlakatimizning eng zo'r murabbiyi Mansur (Mangust) To'g'izboev va Dmitriy Xudyakovning shogirdi hisoblanadi. U o'tgan yili Qirg'izistonda o'tkazilgan MMA bo'yicha nufuzli musobaqada ham g'alaba qozongan edi.
Havola :
Fikrlar