27 okt 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik MMAchi "Bellator"da navbatdagi g'alabasiga erishdi
Bugun AQSHning Konnektikut shtatida UFCdan keyingi eng nufuzli promoushen - Bellator turnir tashkil etdi.
Ahamiyatlisi, ushbu turnir doirasida o'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Zarrux Adashev ham oktagonga chiqdi. Hamyurtimiz ushbu kechada amerikalik Tevin Daysga qarshi jang olib bordi. Hamyurtimiz jangda faol harakat qildi va ikkinchi raundda zarbalar seriyasini uyushtirdi. Zarbalar sabab 1:39 daqiqaga kelib raqib muvozanatdan chiqdi va hakamlar jangni to'xtatishga qaror qilishdi.
Bu Zarrux uchun Bellator'dagi uchinchi jang va uchinchi g'alaba bo'ldi. Bungacha u Bellator 208 turnirida Kristian Medinani nokaut evaziga mag'lub etgan. Bellator 215 turnirida esa Roni Leondan ochkolar evaziga ustun kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar