02 dek 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik MMAchi XFN promousheni bilan shartnoma imzoladi, uning debyut jangi ham malum + FOTO
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Islom Mahamadjonov CHexiyaning XFN kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.
Ushbu shartnoma ortidan, hamyurtimiz qachon debyut jangini o'tkazishi ham malum qilindi. Unga ko'ra, Islom 14 dekabr kuni Bratislavada o'tkaziladigan jang oqshomida chexiyalik Mixal Janchushkaga qarshi oktagonga chiqadi.
www.olamsport.com sayti hamyurtimizga yangi faoliyatida omad tilaydi.
Eslatib o'tamiz, bungacha yurtdoshimiz Mahmud Muradov mazkur promoushen janglarida ishtirok etardi. XFNdagi faoliyatidan so'ng Mahmud UFC bilan shartnoma tuzgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar