So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

18 dek 19:39
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekistonlik og'ir atletikachida taqiqlangan moddalar aniqlandi

Teglar :  Og'ir atletika
Sportning barcha turlari bilan shug'ullanuvchilar uchun jismoniy mashqlar g'alabaga eltuvchi asosiy omil hisoblanadi.

Bazi sport turlari uchun esa biologik faol qo'shimchalar, sport ozuqalarini istemol qilish ham talab etiladi, lekin bunday ozuqalarning hammasi ham sportda ruxsat etilmagan yani taqiqlangan bo'lishi mumkin. 

Hamyurtimiz og'ir atletika bo'yicha yoshlar terma jamoasi azosi Maftuna Ismoilova O'zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro'yxati”ga kiritilgan bo'lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o'tishi belgilangan. Ismoilova joriy yilning noyabr oyida o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida topshirgan doping-sinamasida “oksandrolon” va “stanozolol” taqiqlangan anabolik gormonal moddalar aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan o'rganish ishlari boshlangan.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo'yicha standarti talablariga asosan, M.Ismoilova joriy yilning 8 noyabr kunidan boshlab mazkur holat O'zbekiston Milliy antidoping agentligi (O'zMADA) tomonidan to'liq o'rganilishi va tegishli qaror chiqazilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtiriladi.

Malumot uchun shuni aytib o'tish joizki, “oksandrolon” va “stanozolol” moddalari ko'p holatlarda turli biologik faol qo'shimchalar tarkibida uchraydi, lekin ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo'riqnomada yoki  mahsulotning qadog'ida bu haqida malumot berilmaydi. SHuning uchun tekshirilmagan, ishonchsiz biologik faol qo'shimchalar, sport ozuqalarini istemol qilishda sportchilarimiz etiborli bo'lishlari zarur.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

Milliy antidoping agentligi Matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing