So’nggi yangiliklar

12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0

23 dek 11:58
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekistonlik Olimpiada chempioni doping sabab chetlashtirildi

2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etgan besh nafar og'ir atletikachidan olingan tahlillar Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tomonidan qayta o'tkazilgan doping tekshiruvida ijobiy natija berdi.

Bu haqda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar qildi.

Qayd etilishicha, doping testiga ijobiy reakciya bergan namunalardan biri o'sha musobaqada 105 kg vazn toifasida to'rtinchi o'rinni olgan o'zbekistonlik Ruslan Nuriddinovga tegishli. Undan tashqari, 2012 yilgi olimpiya o'yinlarining -105 kg vazn toifasidagi chempioni ukrainalik Aleksey Toroxtiy, -56 kg.da bronza medali sohibi ozarbayjonlik Valentin Xristov, shuningdek mos ravishda 8- va 14-o'rinni egallagan beloruslik Nikolay Novichkov va armanistonlik Melin Daluzyan ham ro'yxatda bor.

Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ushbu besh sportchini vaqtinchalik faoliyatdan chetlashtirgan.

Avvalroq so'nggi olimpiya o'yinlari davomida doping istemol qilish holatlari og'ir atletikachilar orasida ko'plab kuzatilayotgani tufayli sportning bu turi Olimpiada dasturidan chiqarib yuborilishi mumkinligi malum bo'lgandi. Ushbu masala noyabr oyi oxirida Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi Ijroqo'mida muhokama qilingan, ammo yakuniy qarorni qabul qilish keyinroqqa qoldirilgan.

Malumot uchun, Ruslan Nuriddinov oradan to'rt yil o'tib, 2016 yili Rioda olimpiya o'yinlari rekordini o'rnatgan holda oltin medalga sazovor bo'lgan edi. U 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida ham turnir rekordini yangilab, tengsiz bo'ldi.

Ruslan 2013 yilda jahon chempionligiga erishgan, Osiyo chempionatlarida ham ikki marotaba g'olib chiqqan. U 2014 yilda tizzasidan jiddiy jarohat olgani tufayli operaciya stoliga yotgan edi, ammo jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz o'tgach, bir yil reabilitaciya bosqichini o'tishga majbur bo'ldi. 2015 yilda Nuriddinov yana bir marta operaciya qilingach, qayta tiklanib sportga qaytishi uchun 10 oy vaqt talab qilingandi.

Reyting: -5   

Fikrlar

   
24 dek 23:15:14
Bek
Ўта ахмоқона қарор. Допинг текшируви шунча йил ўтиб ижобий кўрсаткич қайд этибдими? Бу шунчаки сиёсат. Россия ва унинг иттифоқчиларига WADA (АҚШнинг буйруғи асосида иш кўрувчи ташкилот)нинг навбатдаги хужуми.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing