16 dek 15:02
Yangiliklar
Kurash

O'zbekistonlik Osiyo o'yinlari g'olibasi antidoping qoidalarini buzgani uchun chetlatildi
Kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Gulnor Sulaymonova 4 yilga sportdan chetlatildi.
Sportchimizning Janubiy Koreyada o'tkazilgan jahon chempionati vaqtida topshirgan tahlilidan taqiqlangan metabolit moddasi topilgan.
Eslatib o'tamiz, Gulnor Sulaymonova 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida oltin medal sohibasiga aylangandi. O'zbekiston kurash associaciyasi matbuot xizmatining www.olamsport.com sayti muxbiriga malum qilishicha, ushbu jazoning o'tgan yilgi muvaffaqiyatga aloqasi yo'q.
Sulaymonovadan tashqari shuningdek -60 kg vaznli kurashchimiz Abror Jabborov ham doping sabab 2 yilga diskvalifikaciya qilindi.
Sportchilarimizning Janubiy Koreyadagi jahon chempionatida qayd etgan natijalari bekor qilindi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar