04 okt 08:14
Yangiliklar
Paralimpiya

O'zbekistonlik sportchi marraga ikkinchi etib kelgan bo'lsa-da, Jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi. Qanday qilib?
Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonligida o'tayotgan para engil atletika bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 4-oltin medaliga ega chiqdi.
T12 klassida 400 m masofaga yugurish bellashuvi finalida ishtirok etgan hamyurtimiz Faxriddin Xamraev 50.11 soniyada marraga ikkinchi bo'lib etib keldi, biroq birinchi natijani qayd etgan marokashlik Mahdi Afri musobaqa reglamentini buzgani sababli, diskvalifikaciya qilindi va oltin medal hamyurtimizga nasib etdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida 400 m masofaga yugurish (T12)
1. Faxriddin Xamraev (O'zbekiston) - 50.11
2. O'g'uz Akbulut (Turkiya) - 50.84
3. Kissanapong Tisuvan (Tailand) - 50.98.
Faxriddinning natijasidan so'ng medallarimiz soni 10 tani tashkil etmoqda: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar