23 iyu 15:00
Yangiliklar
Og'ir atletika, Tokio-2020
O'zbekistonlik sportchidan doping topildi!
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) O'zbekiston og'ir atletika ayollar terma jamoasidan Rio-2016 o'yinlaridagi bitta yo'llanmani olib qo'ydi.
Bu haqida xalqaro og'ir atletika federaciyasi rasmiy sayti xabar qilmoqda.
IWF ijroiya qo'mitasi azolari Tbilisida bo'lib o'tgan yig'ilishda 13 ta yo'llanmani bekor qilish haqidagi qarorga kelishdi. O'zbekistondan tashqari, federaciya yana Rossiya, Qozog'iston, Ozarbayjon, KXDR, Moldova kabi mamlakatlarning ikki nafardan sportchilari, Belarus va Ruminiyaning bir nafardan sportchilari Olimpiadada ishtirok eta olmaydigan bo'ldilar.
Buning sababi, Rio o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilar doping testlardan o'ta olmaganlar.
Bundan tashqari, Rossiya, Belorussiya va Qozog'iston sportchilari bir yil musobaqalarda qatnasha olmasliklari ham mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar