06 avg 17:07
Yangiliklar
Boshqalar
O'zbekistonlik sumochi o'zidan uch baravar og'ir raqibi ustidan tarixiy g'alabaga erishdi (VIDEO)
AQSHda o'tkazilgan xalqaro sumo turnirida O'zbekiston vakili Mahmud Irmuhamedov chempionlikni qo'lga kiritdi.
Musobaqaning eng ko'p muhokama qilingan bahslaridan birida hamyurtimiz o'zidan qariyb uch baravar og'ir bo'lgan amerikalik raqibini mag'lub etib, tarixiy g'alabaga erishdi.
Manba malumotiga ko'ra, ushbu bellashuv sportchilar o'rtasidagi katta vazn farqi tufayli alohida etibor markazida bo'ldi.
Raqibining ulkan jismoniy ustunligiga qaramay, Mahmud Irmuhamedov rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, turnirning bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, 2007 yilda tug'ilgan Mahmud Irmuhamedov AQSHda havaskor MMA bilan ham shug'ullanadi. Hozirgacha u 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida raqiblaridan ustun kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar