10 avg 09:37
Yangiliklar

O'zbekistonlik tadbirkor xalqaro sport tashkilotiga rahbar bo'ldi
Musobaqa doirasida tashkilot prezidentligiga saylov bo'lib o'tdi va unda o'zbekistonlik tadbirkor Maruf Zaripov Butunjahon Belbog'li kurash associaciyasi - IBWA prezidenti etib saylandi.
SHu munosabat bilan o'tkazilgan brifingda xalqaro sport tashkiloti rasmiylari bu haqda malum qilishdi.
- Meni xalqaro sport tashkiloti rahbari etib saylagani uchun o'z minnatdorligimni bildiraman. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning sportga yuksak etiboridan ruhlanib biz tadborkorlar ham sportimiznimg xalqaro maydonlarga chiqishiga o'z hissamizni qo'shamiz.
Olmaliqdagi musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. Oldinda sentyabr oyida Mo'g'ulistonda kattalar o'rtasidagi jahon chempionati ham ana shunday tashkil etiladi. Umid qilamanki, yuksak ishonchni oqlayman, - deydi Maruf Zaripov.
Fikrlar