18 mar 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik taniqli sportchi uzoq muddatga qamaldi
Pop-MMA jangchisi, Gold taxallusi bilan tanilgan SHaxzod Uzoqov qamoqqa olindi.
Bu haqda o'zini sportchining advokati sifatida tanishtirgan Minhojiddin Muhammadaliev malum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Uzoqov 3 yilu 6 oy muddat qamoq jazosi olgan.
Malumot o'rnida, SHaxzod Gold Uzoqov bundan avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. U o'zining prof debyutini shu yil Toshkentda o'tkazib, ozarbayjonlik sportchiga muddatidan oldin mag'lub bo'lgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar