22 mar 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik uch nafar professional bokschi Osiyo chempionatida ishtirok etadi
Xabaringiz bor, 17-28 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi har doimgidek o'zining eng kuchli tarkibi bilan ishtirok etadi. Etiborlisi, bahslarda bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan uch nafar bokschimiz ham qatnashadi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, bugunda prof ringda faoliyat olib borayotgan Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur Osiyo chempionati shu yil sentyabr oyida Ekaterinburg mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga yo'llanma beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar