01 dek 17:49
Yangiliklar
O'zbekistonning birinchi raketkasi yana ko'tarildi, qolganlar 82, 22, 20 pog'onaga pastlashdi
Yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan bor yo'g'i bir nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Uch yillik tanaffusdan so'ng yana O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylangan Sergey Fomin reytingda ko'tarilishda davom etmoqda. U Bahrayn turniridagi muvaffaqiyati evaziga 13 pog'onaga yuqorilab, ayni paytda 345-o'rinni egallab turibdi. U ochkolarini 6 taga ko'paytirib oldi.
O'tgan haftada 25 ochkodan mahrum bo'lgan O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov 82 pog'onaga pastlab, Top-500`dan ham chiqib ketdi. Qolgan tennischilarimiz ham ATP reytingidagi mavqeylarini birmuncha yomonlashtirib olishdi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin 10, Amir Milushev 1, Batir Sapaev 13, Ilya Ignatov 22, Abdulaziz Usmonjonov 22, Damir Abdusalomov esa 20 pog'onaga pastladi.
ATP reytingi. 1 dekabr kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 12 050 ochko
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 11 500
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5160
4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 4830
5. (8) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4245
6. (6) Teylor Fric (AQSH) - 4135
7. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4135
8. (8) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4040
9. (9) Ben SHelton (AQSH) - 3970
10. (10) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 2990...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
345 (358). Sergey Fomin — 147
524 (442). Humoyun Sultonov — 78
976 (986). Maksim SHin — 18
1355T (1354T). Amir Milushev — 5
1827T (1814T). Botir Sapaev — 1
1924T (1902T). Ilya Ignatov — 1
1924T (1902T). Abdulaziz Usmonjonov — 1
2016T (1996T). Damir Abdusamadov — 1

Fikrlar