20 fev 10:51
Yangiliklar
Stol tennisi

O'zbekistonning eng kuchli stol tennischilari Samarqandda jam bo'ldi
Ayni kunlarda Samarqandda stol tennisi bo'yicha professionallar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.
Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun bahs olib boryapti.
Bellashuvlarda Marhabo Magdieva, Arujan Kamalova, Asel Erkaeva, SHohruh Iskandarov kabi terma jamoaning asosiy vakillari ham ishtirok etyapti. Mazkur mamlakat birinchiligi joriy yil kutib turgan xalqaro musobaqalar uchun terma jamoaga asosiy va zaxira tarkibni yana bir karra saralab olish imkoniyatini taqdim etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar