28 iyu 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

"O'zbeklar kelishmoqda". "Matchroom Boxing" SHahram G'iyosovning mashg'ulotidan videoni taqdim etdi
"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasining Instagramdagi sahifasi SHahram G'iyosovning mashg'ulot jarayonidan lavhalarni taqdim etdi.
Video ostidagi izohga esa "O'zbeklar kelishmoqda... SHahram G'iyosov va Isroil Madrimov 15 avgust kuni chiqishadi" deya izoh qoldirilgan.
Eslatib o'tamiz, 15 avgust kuni (Toshkentda 16 avgust tongi) SHahram G'iyosov meksikalik Fransisko Roxodan o'zining WBA International kamarini himoya qiladi. Isroil Madrimov esa WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik Erik Uolkerga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : instagram.com/matchroomboxing
Fikrlar