So’nggi yangiliklar

13:47Камару Усман Чимаевни ютқазмаган деб ҳисоблашини айтди 0 13:23Холмурод Нурматов мағлубиятига қарамай, ACA рейтингидаги ўрнини сақлаб қолди 0 12:58Расман: Чимаев Диллон Дэнис билан жанг қилади 0 12:34Мессининг "Интер Майами" билан янги шартномаси бўйича маоши маълум бўлди 0 12:09Санжар Зокиров: "ONE FC менга уч марта чемпионлик жангини таклиф қилди, лекин..." 0 11:43Царукян Чимаевга мурожаат қилди 0 11:18"АҚШни намоён қилишни истайман". Стрикленд Оқ уйдаги турнирида қатнашмоқчи 0 10:50U-17 Осиё кубоги. Бугун Австралияга қарши баҳс олиб борамиз 0 10:42Ёш каратэчиларимиз Филиппинга жўнаб кетишди 0 10:24Осиё чемпионатига энг кўп йўлланма қайси терма жамоа боксчиларига насиб этди? 0 09:57Шоҳрух Мамедов Астана Гран-приси ғолиби! Шерзод Намозов ҳисобида кумуш медаль 0 09:32Забит Магомедшарипов: "UFC менинг чемпион бўлишимни хоҳламади" 0 09:06"Ал Насср" "Ал Ҳилол" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида гол ўтказиб юборди, лекин... 0 08:45Кутганмидингиз? Фазлиддин Ғоибназаров Элмурод Ҳақназаров билан жанг қилади 0 08:24Шон Стрикленд — Хамзат Чимаев ҳақида: "Ўртамиздаги нафрат ҳақиқий эди" 0

01 iyu 11:55
Yangiliklar

Tadbirlar, Bolalar sporti

“Pahlavon avlod”dan Xiva tumani yoshlariga sovg'a FOTOGALEREYA

Xorazm viloyati Xiva tumanining “Gulshan” mahallasi nomiga monand.

Ko'chalari so'lim va ozoda, daraxtlarning soyasi kishiga zavq bag'ishlaydi. Xonadonlar oldi gulzor. Mahalla joylashgan hudud ham o'zgacha. Janubdan Turkmaniston respublikasi, g'arbdan Qo'shko'pir tumani va sharqdan Xiva shahri bilan tutash. Aholisining soni 3700 nafardan ziyod. Umumiy er maydoni 104 gektarni tashkil qiladi.

Mahalla yoshlari jismoniy tarbiya va sportni juda sevishadi. Tabir joiz bo'lsa, mahallaning sport bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlari qishning sovug'ida, yozning jazirama issig'ida bir necha chaqirim yo'l bosib Xiva shahridagi bolalar-o'smirlar sport maktabiga qatnaydi. Ota-onalari esa farzandini mashg'ulotdan qaytishini kutib, havotirda o'tirgani ham bor gap.

Nihoyat, mahalla aholisi, xususan, ularning sportsevar farzandlarining ko'p yillik orzusi ushaldi. Temurbek Madaminov rahbarlik qilayotgan “Pahlavon avlod” oilaviy korxonasi mahalla markazida qarovsiz qolgan stadion o'rnida ko'p qirrali zamonaviy sport majmuasini bunyod etdi.

Majmuada gandbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton maydonchalari, suniy qoplamali mini futbol maydoni, kurash va trenajyor zali, shuningdek, yugurish yo'lakchasi va uzunlikka sakrash sektori ham mavjud. Hammasi tegishli tarzda jihozlangan.

- Quvonchimning cheki yo'q. Mahallamizda havas qilsa arzigulik sport inshooti qad rostladi. Endilikda, o'qishdan tashqari vaqtlarim sevimli sportim-stol tennisi bilan shug'ullanishim uchun sharoit yaratildi. Bu menga nafaqat ilm-marifat yo'lida izlanishlar olib borishim, umuman, sportda ham ulkan ko'rsatkichlarga erishishimga xizmat qiladi. Yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va etibor uchun juda minnatdorman, - deydi Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi O'g'iljon Omonova.

Sport majmuasining etiborli jihati yana shundaki, uning qoshida favvora, suhbat maskanlari, bolalar attrakcionlarini qamrab olgan “Dam olish xiyoboni” ham tashkil qilingan. Bu madaniy hordiq chiqarishning sport bilan bevosita uzviyligidan dalolat beradi.

Umuman olganda, bularning bari hukumatimizning tegishli qarorlari asosida taqdim etilgan imtiyozli kreditlar hisobiga qad rostlagan. Buning yana bir samarasi, ayni damda u erda etti nafar kishi muqim ish o'rni bilan taminlangan.

Kelgusida mazkur sport majmuasini davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi sport maktabiga aylantirish rejalashtirilgan. Agarda, ezgu niyatlar amalga oshsa, yana 40 nafarga yaqin sport mutaxassisi ish o'rniga ega bo'ladi.

- Malumki, yurtimizda sog'lom avlod tarbiyasi davlatimiz siyosatining asosiy bo'g'inidan biriga aylangan. Har qanday islohatni amalga oshirish uchun eng avvalo, yuksak vazifalarni bajaradigan inson sog'lom, jismonan baquvvat va tafakkuran  etuk bo'lishi zarur. SHunday ekan, ushbu jarayonga ulush qo'shish barchamizning insoniylik burchimiz sanaladi. SHunga etibor qaratib, o'g'lim Temurbekning tashabbusi bilan mana shunday go'zal sport inshootini qurib bitkazdik. Majmuamizda aholining turli qatlami, jumladan, yoshlarimiz bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazishlari, sevgan sport turlari bilan shug'ullanishlari mumkin, - deydi SHakir Madaminov.

30 iyun – Yoshlar kunida “Gulshan” mahallasida unutilmas voqealik yuz  berdi. SHu kuni sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Ochig'i, ochilish marosimi koronavirus pandemiyasi tufayli kam sonli ishtirokchi bilan uyushtirildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari S.Salaev, Xiva tumani hokimi O.Matyoqubov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i A.Palvanov qatnashib, o'zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.

- Bugungi kunda sport har bir xonadonga, har bir oilaga kirib borayotir. Mamlakatimizda ayollar va bolalarni sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanishlari uchun ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan  qarorlar bu borada dasturilamal vazifasini o'tayotir. So'nggi yillarda, sportimiz naqadar ommaviylashdiki, u bevosita hamyurtlarimizning doimiy hamrohiga aylandi. Buning natijasida, O'zbekistondan ko'plab Osiyo, jahon va Olimpiada o'yinlari chempionlari etishib chiqdi va yana etishib kelmoqda. Bu o'zbek xalqining nafaqat kuch-qudrati, balki turmush madaniyati va istiqbolining yorqin ifodasi. Buni dildan anglamoq va ko'ngildan qadrlamoq  kerak, - deydi  viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Artik Palvonov.

Ha, vohada sporti majmualari soni yana bittaga ko'paydi. Endilikda, u Xiva tumanining “Gulshan” mahallasidan tashqari, uning atrofida joylashgan Oqyop, Qoraqum, Eski Qiyot, Bo'ston va Doshyoq mahallalari aholisini  jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan ishtiyoqini oshirishi tabiiy. Ajabmaski, yaqin orada ushbu mahallalardan taniqli sportchilar etishib chiqsa.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi, Xiva shahridan 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing