24 iyu 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakkyao – Lomachenko jangi kelasi yili o'tkazilishi mumkin
84 yoshli promouter Bob Arum WBO yo'nalishida jahon chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko (6-1, 4 KO) hamda yaqindagina katta boksdan ketgan filippinlik Menni Pakkyao (58-6-2, 38 KO) o'rtasidagi jang kelasi yili o'tkazilishi mumkinligini aytdi.
SHu yili amerikalik Timoti Bredlini mag'lubiyatga uchratgach, Pakkyao faoliyatini rasman yakunlaganligini malum qilgandi. Lekin kundan-kunga bokschining yana katta boksga qaytishi haqidagi xabarlar urchimoqda.
Avvalroq, Pakkyao va Floyd Meyvezer o'rtasidagi revansh jangini tashkil etish bo'yicha gap-so'zlar paydo bo'lgandi. Endi esa filippinlik bokschining Vasiliy Lomachenko bilan jang o'tkazishi mumkinligi haqida aytishmoqda.
Havola :
Fikrlar