22 may 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Spens bilan jang haqida: "Menga kuchli bokschilarga "vyzov" tashlash yoqadi"
Etti vaznda sobiq jahon chempioni Menni Pakyao WBA va IBF chempioni Errol Spensga qarshi jangi haqida gapirdi.
"Menga kuchli bokschilarga "vyzov" tashlash yoqadi. Ikki yildan beri jang qilmayapman. Buning yomon tarafi yo'q. Sababi, men 25 yildan beri jang qilayapman. Bu tanaffus organizmimga foyda bo'ldi.
Errol kuchli bokschimi? Ha. Men uni qattiqroq va tezroq uraman", - dedi Menni Pakyao.
Eslatib o'tamiz, jang 21 avgust kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar