09 avg 16:14
Yangiliklar
Pakyao Turman va Xornga “yo'q!” dedi
Filippinlik boks afsonasi 20 iyul kuni WBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda Turmanni mag'lubiyatga uchratgan edi. Ikki yil avval esa u avstraliyalik Jeff Xornga yutqazib qo'ygandi. Har ikki bokschi ham Pakyao bilan yana bir bor jang o'tkazmoqchi ekanliklarini aytishgan edi.
“Biz hech narsani isbotlashga majbur emasmiz. CHunki, Pakyao buni isbotlab bo'lgan. Turman o'z imkoniyatidan foydalanib bo'ldi. Kim u Xorn? Ishonchni yo'qotgan yana bir bokschi. O'yin tugadi. Mennini faqat bitta revansh qiziqtiradi. U ham bo'lsa Meyvezer bilan jang!”, - dedi MP Promotions promouterlik kompaniyasi prezidenti SHon Gibbons.
Malumot uchun, Menni Pakyao aynan MP Promotions promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi.
Fikrlar