So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

25 avg 11:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Pakyaoning rafiqasi Menniga tasirli murojaatini elon qildi

Filippin afsonasi Menni Pakyaoning turmush o'rtog'i - Jenki Menniga ajoyib murojaat yo'lladi.

«Mening qadrli turmush o'rtog'im, Menniga!

Siz bilan faxrlanayotganimni so'z bilan ifodalashning iloji yo'q. Men sizning rafiqangiz ekanimdan faxrlanaman. Siz men va bizning bolalarimiz uchun butun bir dunyosiz. Biz sizni juda yaxshi ko'ramiz. Biz siz jahon chempioni bo'lishni orzu qilganingizda, qancha mehnat qilganingizni, qurbon qilganlaringizni, qonli ter va ko'z yosh to'kkaningizga guvohmiz.

Siz hech qachon faqat o'zingiz haqingizda o'ylamaysiz va ringda hayotingizni qayta-qayta xavf ostiga qo'yishdan qo'rqmaysiz, chunki siz odamlarni baxtli qilishni yaxshi ko'rasiz. Siz Yaratganning inoyati bilan biz tasavvur qilganimizdan ham ko'proq narsaga erishdingiz. SHunga qaramay, eng zo'r bo'lish uchun ishlashdan to'xtamaysiz.

Yillar davomida biz siz bilan birga ekanimizdan faxrlanamiz, chunki siz hammaga mehribon va yordamchi bo'lishga undaysiz. Boksdagi rekordlaringizdan ham ko'proq - sizning Xudoga bo'lgan sevgingiz, Kalomga bag'ishlanganligingiz va Isoni har bir uchrashgan odam bilan bo'lishish istagi bizni yanada ko'proq hayratga soladi.

Ringda g'alaba qozoning yoki mag'lub bo'ling - siz qalbimizning abadiy chempionisiz! Butun dunyodagi muxlislarga Mennini sevganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular sizni o'ylaganingizdan ko'ra ko'proq sevadi.

Siz qirolsiz! Siz uchun jonimizni fido qilishga tayyormiz. Biz sizni sevamiz! Biz sizni hurmat qilamiz va hamma narsa uchun minnatdormiz!» – deya postini yakunlanae Jenki Pakyao.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing