29 iyu 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyaoning WBA chempioni bilan jang o'tkazishi kutilyapti
BoxingScene.com saytining xabar berishicha, faoliyatini yakunlashi haqida qaror qabul qilgan filippinlik boks afsonasi Menni Pakyao yana katta ringga qaytishi mumkin.
Top Rank promouterlik kompaniyasi aynan Pakyao ishtirokidagi jangni tashkil etish harakatlarini boshlab yubordi. Rejaga ko'ra, Menni 15 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko'tariladi.
Filippinlik bokschining murabbiyi Bob Arum ayni paytda birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni bo'lib turgan amerikalik 26 yoshli Edrien Bronerning jamoasi bilan muzokaralarni boshlab yubordi.
Havola :
Fikrlar