08 fev 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Pancherlar oqshomiga ikki kun qoldi
Bizning vaqt bilan kelayotgan yakshanba kuni tong saharda AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Ushbu boks oqshomining ahamiyatli jihati shundaki, unda nokautchi bokschilar o'zaro ringga ko'tarilishadi. Puertorikalik pancher Alberto Machado (21-0, 17KO) o'ziga tegishli birinchi engil vazn toifasidagi WBA chempionlik kamarini himoya qiladi.
Yigirma bitta jangining 17tasida raqiblarini nokautga uchratgan Machado amerikalik Endryu Kansio (19-4-2, 14KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Yana bir jangda birinchi yarim engil vaznda WBC chempioni meksikalik Rey Vargas (32-0, 22KO) venesuelalik Franklin Manzanilla (18-4, 17KO) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar