02 avg 16:04
Yangiliklar

Para taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida birinchi bo'lishdi
Qitamizning 22 ta mamlakatidan jami 180 nafarga yaqin atletlar ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasining 17 nafar vakili ham medallar uchun bahs olib bordi.
Quvonchlisi, navbatdagi Paralimpiya o'yinlari uchun muhim reyting ochkolarini ulashuvchi ushbu Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni qo'lga kiritgan holda umujamoa hisobida birinchi bo'ldi va yana bir bor qitamizning eng kuchli jamoalaridan ekanini isbotladi.
Osiyo chempionatining g'olib va sovrindor para taekvondochilari:
Oltin:
Zuhriddin Tohirov (63 kg)
Umida Mamarajabova (52 kg)
Roziya Ergasheva (65 kg).
Kumush:
Muhammadsodiq Usmonov (58 kg)
Asadbek Toshtemirov (+80 kg)
Qizlarxon Isomiddinova (47 kg)
Karomat Rustamova (52 kg).
Bronza:
Qudrat Haydarov (63 kg)
Qudratillo Sunnatov (70 kg)
So'g'diyona Normo'minova (+65 kg).
Fikrlar