01 may 12:25
Yangiliklar
Paralimpiya

Para taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada etirof etildi
Xitoyning Tayan shahrida para taekvondo bo'yicha "Xalqaro taekvondo federaciyasi prezidenti kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi.
Dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 200 nafardan ortiq para taekvondochi qatnashgan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo'lgan holda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Etiborlisi, terma jamoamiz ushbu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdan tashqari bir qator nominaciyalarda ham etirof etildi.
Bobur Qo'ziev - eng yaxshi murabbiy;
Qudrat Muhammadiev - eng yaxshi erkak sportchi;
Karomat Rustamova - eng yaxshi ayol sportchi;
Qizlarxon Isomiddinova - eng yaxshi yosh sportchi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar