13 sen 06:30
Yangiliklar
Og'ir atletika, Tokio-2020
Paralimpiya. Paurliftingchimiz Ahror Bozorovda ham bronza!
Rioda davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining beshinchi kungi bahslarida hamyurtlarimiz ikkita bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Paurlifting musobaqasining -80 kg vazn toifasidagi sportchilar bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Ahror Bozorov bronza medaliga sazovor bo'ldi. U 207 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi.
Eronlik Farzin Majid 240 kg natija bilan nafaqat Paralimpiya o'yinlari chempioniga aylandi, balki Jahon chempionati hamda Paralimpiya o'yinlari rekordini ham yangiladi. Kumush medal 228 kg natija bilan xitoylik Xiaofey Guga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar