01 apr 10:37
Yangiliklar
Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanmalarimiz soni yana bittaga ko'paydi
Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritdi.
Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun reyting ochkolarini jamg'arish davri rasman yakunlandi. Quvonarlisi, sablya bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to'g'ridan-to'g'ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo'llanma oldi.
SHu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o'yinlarining ishtirokchisiga aylanmoqda. Qolgan yo'nalishlardagi qilichbozlarimiz 27-28 aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o'tadigan qitaviy licenzion turnir orqali yo'llanma olishga harakat qilishadi.
SHuning bilan, O'zbekiston delegaciyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga qo'lga kiritgan licenziyalari 26 taga etdi.
Fikrlar