05 noy 18:02
Yangiliklar
Tennis
Parij "Masters". Jokovichning 1/2 finaldagi raqibi malum
Dunyoning beshinchi raketkasi Stefanos Cicipas Parij "Masters" turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Greciyalik tennischi 78 daqiqa davom etgan chorak final bahsida ATP reytingida 31-pog'onada borayotgan amerikalik Tommi Polni 6/2, 6/4 hisobida taslim etdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 3:0 ko'rinishiga keldi. Cicipas 2 ta eys zarbani amalga oshirib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Endi u final chiptasi uchun dunyoning ettinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar