27 apr 16:39
Yangiliklar
Kamondan otish

Parij Olimpiadasi ishtirokchilari Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova Antaliya Gran-prisida bronza medaliga ega chiqdi
Turkiyaning Antaliya shahrida kamondan otish bo'yicha Gran-pri turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova ham ishtirok etib, yakunda mikst dasturida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Sodiqov va Abdusattorova juftligi dastlab Moldova, so'ng chorak finalda Niderlandiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda gruziyalik sportchilar hamyurtlarimizdan ustun kelishdi. Bronza medali uchun bahsda esa Germaniya jamoasi 5:3 hisobida dog'da qoldirildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar