06 iyu 08:37
Yangiliklar
Og'ir atletika
Parij Olimpiadasida eng ko'p og'ir atletikachi Osiyo qitasidan ishtirok etadi
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan atletlarni elon qildi.
Unga ko'ra, Franciya poytaxti mezbonlik qiladigan o'yinlarda eng ko'p ishtirokchi Osiyo qitasidan qatnashadi – 40 ta. Keyingi o'rinlarda Evropa va Amerika qitasi sportchilari joy olgan – 25 ta. Afrika qitasiga 10 ta, Okeaniya mintaqasiga esa 8 ta kvota ajratilgan.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarining og'ir atletika dasturiga 100 foizlik kvotani faqatgina Xitoy terma jamoasi qo'lga kiritgan - 6 ta. Bu borada kuchli uchlikdan AQSH (5 ta) va Venesuela (5 ta) terma jamoalari joy oldi.
Eslatib o'tamiz, Olimpiadaning og'ir atletika musobaqalari 7-10-avgust kunlari Parij ekspo markazida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar