26 iyu 14:01
Yangiliklar
Kurash
Parijda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun musobaqa o'tkazildi
Franciya poytaxti Parij shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Paris Kurash Open” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada dunyoning 28 mamlakatidan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi bahs olib bordi.
4 vazn toifasida kechgan murosasiz bahslar yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik kurashchilar 2 tadan oltin va bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Oltin medal:
-90 kg: Samandar Sadinov
+90 kg: SHerali Jo'raev.
Bronza medal:
-90 kg: Jonibek Qozoqov
+90 kg: Bekmurod Oltiboev.










Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar