So’nggi yangiliklar

13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0

10 may 18:28
Yangiliklar

Kurash

Parkentda kurash va belbog'li kurash bo'yicha ananaviy turnir o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi "Gulbog'" nomli stadionida milliy sport turlarimiz bo'lgan kurash va belbog'li kurash bo'yicha 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Parkent tumani hokimi kubogi uchun ananaviy Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Parkent tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, Toshkent viloyati kurash federaciyasi hamda Parkent tuman sport maktabi hamkorligida o'tkazilgan mazkur ochiq turnirda  mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlaridan 300 nafarga yaqin eng sara sportchilar ishtirok etishdi. 

Polvonlar kurash bo'yicha 73, 81, 90, 100, +100 kilogramm vazn toifasida, belbog'li kurash bo'yicha esa 50, 55, 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kilogramm vazn toifasida o'z imkoniyat va mahoratlarini namoyish etishdi. Ertalabdan boshlangan saralash bahslari kurash va belbog'li musobaqasini tomosha qilishga tashrif buyurgan muxlislar uchun haqiqiy sport bayramiga aylanib ketdi.

Kunning ikkinchi yarmida turnirining tantanali ochilish marosim tashkil etildi. Unda Parkent tuman hokimi Elmurod Po'latov, O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ishtirok etdi. 

Marosimda so'z olganlar Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportni, xususan, milliy sport turlarimizni rivojlantirishga qaratilayotgan amaliy yordam va etiborni yana bir bor etirof etishdi. 

Ochilish marosimi doirasida tuman hokimligi tomonidan parkentlik bir qator belbog'li kurash fidoiylariga va faxriy polvonlarga ehtirom ko'rsatilib, esdalik sovg'alari ulashildi. 

SHuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi tomonidan ham mazkur sport turini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun sport faxriylariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi. Bellashuvlarining yarim final, final bosqich uchrashuvlari murosasiz va qiziqarli lahzalari bilan muxlislarga zavq baxshida etdi. 

Muxlislar ayniqsa, parkentlik polvonlarning chiqishlarini hayojon bilan kuzatishdi. Kun davomida bo'lib o'tgan shiddatli bellashuvlarda Hasan Azimov (55 kg. Parkent t.), Ramziddin Abduhamidov (60 kg. Andijon), X. Abduhakimov (90 kg. Sirdaryo), Husan Umarboev (100 kg. Parkent t.), Azam Anvarjonov (+100 kg. Andijon), SHerali Jo'raev (+100 kg. Qashqadaryo) singari polvonlar barcha raqiblaridan ustun kelib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

Musobaqa so'nggida barcha vazn toifalaridagi g'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing