So’nggi yangiliklar

19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0 15:57Мария Тимофеева Прагада муваффақиятли старт олди 0 15:25Богдан Гусков ва Рамазон Темиров UFC Abu Dhabi турнири олдидан медиа тадбирлардаги иштирокини бошлашди 0 14:49ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси "Реал"га ўтмоқчи 0 14:13Пара академик эшкак эшувчиларимизнинг кейинги манзили Германия бўлади 0 13:37Ёш сузувчиларимиз қитъа биринчилигида яна олтин ва бронза медаллари билан тақдирланишди 0 13:09Ҳумоюн Тўхтамуродов бразилиялик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:42ФИФА ЖЧ-2026'да қанча даромад топди? 0 12:05Оливейра Махачевга маслаҳат берди 0 11:38Таэквондочиларимиз Жанубий Кореядаги халқаро турнирни 3 та медаль билан бошлашди 0

10 may 14:00
Yangiliklar

Kurash

Parkentda kurash va belbog'li kurash bo'yicha Respublika ochiq turniri o'tkazildi

Kecha Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi "Gulbog'" nomli stadionida sportning kurash va belbog'li kurash turi bo'yicha “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Parkent tumani hokimi kubogi uchun Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Parkent tumani hokimligi, Parkent tumani prokuraturasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, Toshkent viloyati kurash federaciyasi hamda Parkent tuman sport maktabi hamkorligida o'tkazilgan bayram sayli doirasidagi belbog'li kurash va kurash bellashuvlarida mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlaridan 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 

Polvonlar kurash bo'yicha 73, 81, 90, 100, +100 kilogramm vazn toifasida, belbog'li kurash bo'yicha esa 55, 60, 66, 73, 81, 90, +90 kilogramm vazn toifasida o'z imkoniyat va mahoratlarini namoyish etishdi.

Ertalabdan boshlangan saralash bahslari kurash va belbog'li musobaqasini tomosha qilishga tashrif buyurgan muxlislar uchun haqiqiy sport bayramiga aylanib ketdi.

Kunning ikkinchi yarmida turnirining tantanali ochilish marosim tashkil etildi. Unda Parkent tuman hokimi Sardor Isoqulov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Zuxra Mirgazieva, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ishtirok etdi. 

Marosimda so'z olganlar Davlatimiz rahbari tomonidan milliy sportimiz bo'lgan kurash va belbog'li  kurashni rivojlantirishga ko'rsatilayotgan amaliy yordam va etiborni yana bir bor etirof etishdi. 

SHundan keyin parkentlik bir qator belbog'li kurash fidoiylariga, faxriy polvonlarga ko'p yillik samarali mehnatlari uchun O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov tamonidan “O'zbekiston Respublikasi sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi. 

SHuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi tomonidan ham mazkur sport turini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun bir nechta sport fidoyilariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.  

Bellashuvlarining yarim final, final bosqich uchrashuvlari murosasiz va qiziqarli lahzalari bilan muxlislarga zavq va shavq baxshida etdi. Kurash va belbog'li kurash bo'yicha eng zo'r, mahoratli polvonlar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Belbog'li kurash g'oliblari: 

55 kg. Ortiq Anborboev (Toshkent v.) 

60 kg. Doniyor Abdurahmonov (Parkent t) 

66 kg. SHerzod Eliboev (Buka t.)

73 kg. Kamron Namozboev (Olmaliq sh) 

81 kg. Diyor SHodmonov (Toshkent v) 

90 kg. Husan Abduhakimov (Sirdaryo v.) 

+90 kg. Bobur To'xtasinov (Farg'ona v.) 


Kurash g'oliblari: 

73 kg. Dilshod Bo'riev

81 kg. Temur Jo'raev

90 kg. Alixon  Nodirov

100 kg. Amirsaid Jillaev

+100 kg. Islom Nosirov

Musobaqa so'nggida belbog'li kurash va kurash bo'yicha g'olib va sovrindorlar turnir tashkilotchilari tomonidan medal, diplom va qimmatbaho  sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing