17 dek 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Paulo Kosta UFC 326 turnirida oktagonga chiqadi
O'rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar Paulo Kostaning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi 7 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 326 turnirida "qafas"ga qaytadi. U hamyurti Bruno Ferreyraga qarshi jang o'tkazadi.
Paulo Kosta iyul oyida rossiyalik Roman Kopilov ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, ikki mag'lubiyatdan iborat seriyasini yopgandi. Bruno Ferreyra esa uchta g'alabali seriya bilan kelmoqda. U dekabr oyida Marvin Vettoridan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi.
Ayni paytda Paulo Kosta UFC’ning o'rta vazn toifasi reytingida o'n uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bruno Ferreyra esa hozircha Top-15`talikka kirmagan.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar