02 fev 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Peddi Pimblett Benua Sen-Deniga "vyzov" tashladi
Benua Sen-Deni Den Xukerni mag'lubiyatga uchratganidan keyin ehtimoliy raqiblar sifatida ko'rsatgan jangchilar ro'yxatida Peddi Pimblett yo'q edi.
Ammo britaniyalikni francuzning muvaffaqiyatli chiqishi quvontirdi va u bilan oktagonga chiqishga qarshi emas.
"Yaxshi zarba - Denning barcha safsatalaridan so'ng nokautga uchraganini ko'rish yoqimli edi. Ehtimol, u o'tgan haftadagi mag'lubiyatimdan zavqlanayotgandir, lekin men hech bo'lmaganda muddatidan avval yutqazmadim.
Menga Benua Sen-Deni juda yoqadi. U haqiqatan ham juda yaxshi yigit. Uning uslubi menga maqul keladi - u har doim qonli jang qilishga tayyor. Umid qilamanki, unda hammasi yaxshi bo'ladi, lekin keyingi jangda u menga qarshi chiqsa - men uni tugataman", dedi Peddi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar