25 jan 16:05
Yangiliklar
Peddi Pimblett Getjidan qabul qilgan mag'lubiyatiga izoh berdi
"Men "qafas"dan shu kamar bilan chiqmoqchi edim, lekin busiz ham bilamanki, men qattiqqo'l jangchiman - buni hech kimga isbotlashim shart emas. Ammo mag'lubiyatga uchragan ekanman, bu Jastin Getjiga qarshi jangda sodir bo'lganidan xursandman. Men UFC’ni tomosha qilishni boshlaganimdan beri uning janglarini kuzatishni yaxshi ko'rardim va u bugun nima uchun haqiqiy afsona ekanligini ko'rsatdi. Menimcha, 48-47 juda adolatli hisob. Yashirmayman - u birinchi raunddayoq tanamni quyosh chigalidan teshib o'tdi va bu meni qattiq holdan toydirdi. CHunki men shu paytgacha birinchi raundda hech kimga yutqazmagan edim. Umr bo'yi yasha - umr bo'yi o'qi. 31 yoshdaman va kuchliroq bo'lib qaytaman. Bu men uchun yakun emas!", - dedi Peddi jangdan keyin Jo Roganga bergan intervyusida.
Las-Vegasdagi UFC 324 turnirining asosiy jangida to'qnash kelgan Peddi Pimblett va Jastin Getji to'liq besh raund muxlislarga ajoyib tomosha ko'rsatishdi. Yakunda Jastin hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba (48-47, 49-46, 49-46) qozondi.

Fikrlar