24 may 15:16
Yangiliklar
Futbol
Pep "Man Siti"dan ketishi haqida: "Men dam olishga loyiqman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etayotganini charchoq bilan izohladi.
Ispaniyalik mutaxassisning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi.
"Malum muddat jamoalarni boshqarmayman. Bu aniq. Sizni ishontirib aytamanki, agar menda kuch bo'lganida, jamoa bilan qolgan bo'lardim. Agar boshqacha bo'lganida, men haliyam shu erda bo'lardim. To'g'risini aytsam, men dam olishga loyiqman", — dedi Gvardiola.
Bugun "Man Siti" APL doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'yin o'tkazadi va bu Gvardiola qo'l ostidagi so'nggi uchrashuv bo'ladi. Pep "shaharliklar"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Havola :
Fikrlar