08 mar 17:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				"Pereyra Ankalaevni mag'lub etsa, UFC'da P4P etakchisi bo'lishi mumkin" - Dana Uayt
UFC prezidenti Dana Uayt Aleks Pereyra UFC'ning eng yaxshi jangchisiga aylanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
			"Pereyra – MMA'dagi eng yirik yulduzlardan biri. Balki eng katta yulduz hamdir.
Lekin Magomed Ankalaev uning uchun juda katta xavf tug'diradi. Menimcha, bu Pereyraning faoliyatidagi eng og'ir jang bo'ladi. U qanchalik yaxshi ekanini shu jangda ko'ramiz.
Bu Aleks uchun haqiqatan ham og'ir jang bo'ladi. Agar u o'zining oldingi janglaridagi kabi g'alaba qozonsa, Pereyra UFC'ning vazn toifalaridan qati nazar eng yaxshi jangchisiga aylanishi mumkin", - dedi Dana Uayt.
Ayni paytda UFC'ning P4P reytingini engil vazn chempioni Islom Maxachev boshqarib turibdi. Pereyra esa uchinchi o'rinda joylashgan.
            Havola            :         
                    Manba                : MMA Junkie
             
			
Fikrlar