08 mar 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Pereyra Usik bilan ehtimoliy boks jangining sanasi va manzilini ochiqladi
Braziliyalik UFC chempioni Aleks Pereyra prof boksning superog'ir vazn toifasidagi chempion Aleksandr Usik bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
— Dana Uaytning boks olamiga kirishi malum bo'ldi. Bu Usik bilan jang tashkil etilishini yanada osonroq qiladimi?
"Bilmadim, lekin men buni ko'rib, xursandchilikdan sakrab yubordim. Kim biladi? Balki sentyabr oyida Saudiya Arabistonida uchrasharmiz", dedi Pereyra.
Aleks ertaga tongda rossiyalik Magomed Ankalaevdan o'z chempionlik kamarini himoya qilishga urinib ko'radi.
Havola :
Manba : Happy Punch
Fikrlar