18 avg 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Petr Yan Joze Aldoning chempionlik uchun imkoniyati haqida gapirdi
UFCning engil vazn toifasidagi sobiq chempion Petr Yanning fikricha, Joze Aldo yana sovrin qo'lga kirita oladi.
"Aldo - afsona. SHubhasiz. U juda kuchli yigit. Jangiimizdan so'ng biz suhbatlashgandik va men unga hali ko'plab janglarda g'alaba qozonishini aytgandim. U shundan keyin Marlon Verni, keyin esa Munosni qiynadi.
Fikrimcha, u yana kamar sari etib bora oladi. Ko'proq amaliyot - yaxshiroq natija. Mana shunday yoshda ham shunday yuqori darajada jang o'tkazishi barchani hayron qoldirmoqda", - dedi Yan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar