25 mar 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Pettis va Tompson uchun kafolatlangan gonorar miqdori malum
Bizning vaqt bilan yakshanba tongida aralash qoidalar bo'yicha UFC oqshomi bo'lib o'tgan edi.
Oqshomning markaziy jangida sobiq UFC chempioni Entoni Pettis Stiven Tompsonga qarshi oktagonga chiqib, raqibini muddatidan avval nokautga uchratgan edi. Tennesida o'tgan oqshom tashkilotchilari ishtirokchilar uchun kafolatlangan gonorar summasini oshkor qildi.
Unga ko'ra, Pettis 360 000 dollarni qo'lga kiritdi. Ushbu summaning 145 000 dollarini u jangdagi ishtiroki uchun oladi. Yana 50 000 dollar uning g'alabasi uchun berildi. Turli tadbirlardagi ishtiroki uchun ham bonus taqdim etildi. Stiven Tompson esa mag'lubiyati bilan yakunlangan jangdan 165 000 (155 000 ishtiroki, 10 000 turli tadbirlardagi qatnashgani uchun) dollar ishlab oldi.
Havola :
Fikrlar