14 avg 11:40
Yangiliklar

PFL 7: Tojikistonlik Rajabov Gran-pri finaliga chiqdi
Ushbu MMA oqshomida engil va yarim o'rta vazn toifalarida promoushenning Gran-pri turniri finalchilari aniqlandi. Finalga yo'l olgan jangchilar 2021 yilgi mavsum chempionligi bilan birga bir million dollar mukofot puli uchun ham oktagonga ko'tariladi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi finalga rossiyalik Magomed Magomedkerimov hamda amerikalik Rey Kuper yo'l oldi. Ular yarim finalda mos ravishda Sadibu Saya va Rori MakDonaldni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etishdi.
Engil vazn yarim finalida tojikistonlik Loyk Rajabov Aleks Martinezni, braziliyalik Raush Manfio esa Kley Kollardni taslim eta oldi. CHempionlik va bir million dollar uchun kechadigan Magomedkerimov - Kuper va Rajabov - Manfio final janglari 27 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar