16 sen 09:42
Yangiliklar
Futbol
Pogba doping uchun qayta tahlil topshirishni so'radi
Doping istemol qilishda ayblanayotgan "Yuventus" futbolchisi Pol Pogba antidoping qoidalariga muvofiq, qayta tahlil topshirishni so'radi.
Uning 20 avgust kuni "Udineze" - "Yuventus" o'yinida olingan tahlilidan taqiqlangan moddalar topilgandi. Agar qayta topshirishda ham shunday bo'lsa, antidoping prokuraturasi tergovni boshlaydi.
Agar futbolchi aybini tan olsa ikki yilga chetlatilishi mumkin. Agar tergov ushbu moddalar atayin istemol qilinganini aniqlasa, jazo qattiqroq bo'ladi va diskvalifikaciya to'rt yilga cho'zilishi mumkin.
Havola :
Manba : Sky Sport Italia
Fikrlar