09 mar 18:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Pol Malinyaji Makgregorni qo'lqopsiz jangga chorladi
Boks bo'yicha ikki vaznda sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang o'tkazish istagini bildirdi.
Pol yaqinda Bareknuckle Fighting Championship promousheni bilan shartnoma imzolagan edi. Ushbu promoushen qo'lqopsiz janglar turnirlarini tashkil etadi. Malinyaji va Konor ikki yildan beri ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlarini haqorat qilib kelmoqda.
"Konor-qo'rqoq, sen ikki daqiqa ham turib bera olmaysan. Orani ochiq qilib olishning ayti payti. Men istalgan MMA jangchisini nokautga uchrata olaman", - dedi Malinyaji.
Eslatib o'tamiz, Makgregor 2017 yilda Malinyaji bilan o'tkazgan sparring jangi video yozuvini ijtimoiy tarmoqqa qo'ygan va unga zaif raqib sifatida tarif bergandi.
Havola :
Fikrlar