So’nggi yangiliklar

19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0

21 mar 13:41
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz Hindistonda xalqaro "Do'stlik Kubogi"da ishtirok etadi

Teglar :  Belbog'li kurash
21-24 mart kunlari Hindistonning Dehli shahrida yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

Mazkur festival doirasida O'zbekiston, Rossiya va Hindiston davlati o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha xalqaro "Do'stlik" deb nomlangan turnir ham o'tkaziladi. 

Ushbu xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun terma jamoamiz kecha tunda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti yordamchisi Bekzod Boltabaev, terma jamoa bosh murabbiy Oybek Mullaboev, xalqaro toifadagi hakamlar Elmurod Abdullaev, Jamshidbek Egamov va polvonlarizmizdan iborat 20 kishilik delegaciya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Hindiston davlati tomon yo'l olishdi. 

Ushbu xalqaro turnir doirasida O'zbekistoning Hindistondagi elchixonasi ko'magida Hindistonning bir qator vazirlik va idoralarining yuqori lavozimdagi masullari, parlament azolari bilan Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi o'rtasida hamkorlikka oid uchrashuvlar tashkil etiladi. 

SHuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi va Hindiston belbog'li kurash federaciyasi o'rtasida ikki tomonlama belbog'li kurashni yanada rivojlantirishga oid  memorandum imzolanishi ham rejalashtirilgan.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing