So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

12 dek 16:06
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz jahon chempionatida 11 ta medal qo'lga kiritishdi, hozircha FOTOGALEREYA

Rossiyaning Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mazkur jahon chempionatiga puxta hozirlik ko'rgan belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz (bosh murabbiy Azamjon SHokirjonov) ham munosib ishtirok etishmoqda.

Jahon chempionatida erkaklar belbog'li kurashning erkin yo'nalishida 8 ta vazn toifasida, xotin-qizlar esa 5 ta vaznda gilamga chiqishmoqda.  

Quvonarlisi, 35 davlatdan yig'ilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lib, kuchlilar qatoridan joy olishdi.

Kechagi erkin yo'nalish bo'yicha bellashuvlarda terma jamoamiz tarkibidan joy olgan sportchilardan 57 kg. vazn toifasida Oybekjon Hamidov (Namangan), 68 kg.da Oybek Sultonov (Andijon), 52 kg.da Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo)lar barcha raqiblarini engib, oltin medallarni qo'lga kiritishdi.

82 kg.da Husniddin Ro'ziev (Andijon), 100 kg.da Azamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kg.da SHerzod Rahimov (Farg'ona), 58 kg.da Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona) kumush medallariga ega chiqishgan bo'lsa, 62 kg.da Murodjon Rahimov (Xorazm), 52 kg.da Madina Akramova (Andijon), 66 kg.da Zemfira Azatova (Qoraqalpog'iston), +76 kg.da Anife Kurtseitova (Andijon)lar uchinchi o'rinni band etib, bronza medal sohiblariga aylanishdi.

Birinchi kungi bellashuvlar yakuniga etgach, tantanali tarzdagi taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlar medal, diplom, kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun polvonlarimiz belbog'li kurashning klassik yo'nalishida bellashishadi. Ularga ushbu yo'nalishda ham omad yor bo'lsin, deymiz!  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing