So’nggi yangiliklar

19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0 17:23Камилла Раҳимова ҳамда "Ролан Гаррос-2026": Ўзбекистон тенниси учун янги саҳифа 0 16:59"Ҳумо" Ўзбекистон очиқ чемпионати ғолибига айланди 0 16:32Шоҳжаҳон Эргашев: "Шаҳрамнинг жангини кўриб, шуни тушундим-ки..." 0 16:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун қайдномаси эълон қилинди: “Реал”дан бирорта футболчи йўқ 0 15:37Пара енгил атлетика: Нотвилл Гран-присида 19 та медаль қўлга киритилди 0 15:11БУМ! Баҳодир Жалолов Ричард Торресни нокаутга учратган Фрэнк Санчесни жангга чорлади! 0 14:42"Муносиб рақибсиз, ҳақиқий ғалаба йўқ". Кеттерол жангдан сўнг Шаҳрам Ғиёсовга миннатдорчилик билдирди 0 14:18Ўзбекистоннинг рақиби оғир вазиятда - Конго ДР терма жамоаси АҚШда мухлисларсиз қолиши мумкин 0 13:54Қозоғистон яна бир нуфузли Жаҳон чемпионати мезбонлигини қўлга киритди 0 13:30Шаҳрам Ғиёсов Жек Кеттеролга қарши чемпионлик жангидан қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 13:01Фирдавс Ҳасанов Mangu 3 турнирида қирғиз жангчиси билан тўқнаш келади (ПОСТЕР) 0

27 iyu 07:28
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz jahon chempionatida 13 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

Teglar :  Salim Abduvaliev
Tataristonning Qozon shahrida 2005-2006 yillarida tug'ilgan yoshlar va kattalar o'rtasida tatar koreshi hamda sohil koreshi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Etiborlisi, sport delegaciyasi rahbari O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, murabbiy SHavkat Mirzaqulov boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur jahon chempionatida ishtirok etib, 2 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Bundan tashqari ot ustida kurash bo'yicha ham jahon chempionati o'tkazildi va ushbu bellashuvlarda hamyurtimiz Xolbek Sultonov 100 kg vazn toifasida bronza medaliga ega bo'ldi. Aynan sportchilarimiz qo'lga kiritgan medallar sabab madhiyamiz yangrab, bayrog'imiz sarbaland ko'tarildi. 

Jahon chempionatining tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari Salim Abduvaliev, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, jahon Kokpar associaciyasi prezidenti Erkin Afzalov , erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi, sportimiz faxri Artur Taymazovlar ishtirok etdi. 

G'olib va sovrindorlar:

Yoshlar o'rtasida koresh 

Kumush medallar

65 kg. Muhammadjon Abdukarimov

110 kg. Baxtiyor Sanginov


Kattalar o'rtasida koresh

Kumush medallar

65 kg. Diyorbek Saydullaev 

75 kg. Nusrat Yuldoshev 

100 kg. Zaylobiddin Ortiqov 


Bronza medallar 

85 kg. Ilyos Ahmadov 

90 kg. Husan Abduhakimov

Kattalar o'rtasida sohil koresh

Oltin medal

80 kg. Xolmirza Hasanboev 

85 kg. Og'abek Amatboev


Kumush medal

90 kg. Ulug'bek Eshiev


Bronza medallar

60 kg. Jo'rabek Jalilov

70 kg. Abdurahmon Egamov

75 kg.  Zohidjon Raimqulov 

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing