So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

10 may 17:24
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarning kuchlilari Bag'dodda saralandi

Farg'ona viloyati Bag'dod tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2007-2008 hamda 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida mamlakat chempionati o'tkazildi.

Dastlab, belbog'li va bel olish kurash bo'yicha g'oliblar aniqlangan bo'lsa, 4-8 may kunlari uch kurash bo'yicha kuchlilar saralandi. Mazkur uch kurash bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 600 nafarga yaqin yosh sportchilar g'oliblik yo'lida gilamga chiqishdi.

2009-2010 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi uch kurashning xalqa-chalishsiz yo'nalishi g'oliblari bilan tanishamiz. 30 kg.da Boyamon Mashrabov (Farg'ona), 35 kg.da Zikirillo Ortiqaliev (Farg'ona), 44 kg.da Ilhom Sodiqov (Farg'ona), 50 kg.da Begiz Saparboev (Qoraqalpog'iston).

2009-2010 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida uch kurash kiyimlik yo'nalishi g'oliblari: 24 kg.da SHoxruzbek Jumaniyozov (Surxondaryo), 26 kg.da SHexruzbek O'ktamov (Sirdaryo), 28 kg.da Ibrohim Qiyomidinov (Surxondaryo), 30 kg.da Bayomon Mashrabov (Farg'ona), 32 kg.da Abdulaziz Karimov (Farg'ona), 35 kg.da Azizbek Qoshniyozov (Qoraqalpog'iston), 38kg.da Azizbek Jumaev (Surxondaryo), 41 kg.da Dilshodbek Baxtiyorov (Surxondaryo), 44 kg. Komil Eshimboev (Jizzax), 47 kg. Muhammadali Mo'minjonov (Farg'ona), 50 kg. Muhammadyusuf Arapov (Farg'ona), +50 kg. Rahmatillo Amangeldiev (Qoraqalpog'iston), 25 kg.da Dilyora Muhammadalieva (Farg'ona), 30 kg.da Ozoda Bozorboeva (Jizzax), 35 kg.da Muhabbat Toshqo'zieva (Farg'ona).

2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar, uch kurash xalqa-kiyimsiz yo'nalishi g'oliblari: 39 kg.da Sardorbek Turg'unov (Andijon), 48 kg.da Sanjar Abdumutalov (Farg'ona), 54 kg.da Izatillo CHumaev (Andijon), 62 kg.da Ozodbek Rahmonaliev (Andijon). 

2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar uch kurash kiyimlik yo'nalishi g'oliblari: 33 kg.da Olloberdi Qurbonaliev (Farg'ona), 36 kg.da Nursulton Joldiboev (Qoraqalpog'iston), 39 kg.da Samandar Begimqulov (Jizzax), 42 kg.da Behruzbek Hayitov (Farg'ona), 45 kg. Muhammadumar Madaminjonov (Farg'ona), 48 kg.da SHohshahon Muxtorov (Farg'ona), 51kg.da Muhammadzohid Jumaqo'ziev (Farg'ona), 54 kg.da Aziz Tojimuhammadzoda (Farg'ona), 58 kg.da Barhayot Soliev (Farg'ona), 62 kg.da Ergashali Sohibjonov (Farg'ona), 66 kg.da SHukurullo Olimjonov (Farg'ona), +66 kg.da Oybek Imanqulov (Sirdaryo). 

2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida uch kurash kiyimsiz yo'nalishi bo'yicha g'oliblari: 33 kg.da Bilolbek Erkinjonov (Toshkent v.), 36 kg. da Jahongir Mirzaolimov (Andijon), 42kg.da Asil Qodirjonov (Namangan), 45 kg. Javohir Rustamov (Toshkent v.). 51 kg.da Abdulboriy Mamadjonov (Andijon), 58 kg.da SHaxriyor Alijonov (Farg'ona), 66 kg.da Jahongir Baxtiyorov (Toshkent v.), + 66 kg.da Asadbek Xolmamatov (Toshkent sh.), 50 kg.da Gulsanam Olimjonova (Andijon), +50 kg.da Gulzoda Sobirjonova (Farg'ona).

CHempionat yakunlangach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

SHuningdek. 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Bag'dod tumani hokimligi tashabbusi va homiyligida kattalar o'rtasida tuman ochiq turniri ham bo'lib o'tdi. 170 nafar polvonlar ishtirokida o'tgan ushbu turnirda ham kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar qimmatbaho sovg'alarga ega bo'lishdi.      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing