So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

10 apr 17:42
Yangiliklar

Kurash

Popda yosh belbog'li kurashchilar mamlakat chempionligi uchun bellashishmoqda + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurashPop
Namangan viloyatining Pop tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start berildi.

Mazkur O'zbekiston chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafarga yaqin sportchi-o'quvchilar belgilangan vazn toifalarida g'oliblik uchun kuch sinashishmoqda.  

Musobaqa reglamintiga ko'ra, dastlab chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Bayramona bezatilgan sport zalida o'tgan ochilish marosimida so'z olgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor xususida alohida to'xtalib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi. Belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov boshchiligidagi musobaqa tashkilotchilari bellashuvlarni qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tishini taminlayotgan bo'lishsa, hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev rahbarligida bir guruh tajribali hakamlar har bir vazn toifasida polvonlarning chiqishlarini baholab borishmoqda. 

Popdagi chempionat 12 aprelga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing