14 mar 13:19
Yangiliklar
Pore Getjiga nokaut bo'lganidan keyin nimalarni boshdan kechirganini aytib berdi
O'sha jangda Pore nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.
"O'shanda men psixologik muammolarga duch kelgandim, har xil narsalarni o'ylay boshlagandim. Men chinakam ong mashqlarini bajara boshlagan edim. O'zim uchun maqsadlar qo'ygandim va har bir kun uchun minnatdor bo'lishga harakat qilgandim.
O'zimni juda ham yomon his qilayotgandim. Ha, juda ham. Psixoterapevtga murojaat qila boshladim. O'ylaymanki, bazida o'z fikrlaringizni ochish va his-tuyg'ularingiz haqida gapirish muhim hisoblanadi.
Biz doimo diqqat markazdamiz, lekin boshqa tomondan hamma qatori insonmiz. Jangchi Dastin bor, lekin Dastin haqida inson sifatida nima deyish mumkin? Hayotning ko'p qirralari bor va men jang qilish bilan shug'ullanaman. Sog'lig'imni tekshirish juda ham foydali bo'ldi", - dedi Pore.
Fikrlar